08:12 / 13.09.2017
4365

«Kristal Pelas»ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

“Kristal Pelas” tajribali Roy Xojsonning klub bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishini rasman e'lon qildi. 70 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolandi. 

Xojson 2016 yil Yevropa chempionatidan keyin Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga ketgan va shu vaqtdan beri ishsiz qolayotgandi.

Xojson Angliya Premer-ligasida “Blekbern Rovers”, “Fulxem”, “Liverpul” va “Vest Bromvich Albion” kabi klublar bilan ishlagan.

“Kristal Pelas” bosh murabbiyi lavozimi joriy haftada klub Frank de Burning bu lavozimdan ketishini e'lon qilgandan keyin egasiz qolayotgandi.

“Kristal Pelas” APLdagi joriy mavsumni qatorasiga 4 ta mag‘lubiyat bilan boshladi. Boz ustiga, “burgutlar” chempionatda hali biror marta ham gol ura olmaganlar.

Mavzuga oid
Top