O‘zbekiston | 17:35 / 13.09.2017
34323
1 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev shu haftada Toshkentga keladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentabr kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma'lum qilgan.

Nazarboyev Toshkentda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, prezidentlar ikki tomonlama munosabat istiqbollarini muhokama etishadi. 

Qo‘shni davlat rahbari 16-17 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi, 17 sentabr kunining ikkinchi yarmida Turkmanistonga yo‘l oladi. U Turkmanistonda V Osiyo o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etishni rejalashtirgan.

Mavzuga oid