08:54 / 13.09.2017
3307

NYT: Tramp ma'muriyati qabul qilinuvchi qochqinlar sonini kamaytirish niyatida

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati qabul qilinuvchi qochqinlar sonini kamaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi The New York Times o‘z manbasiga asosan.

Xabar qilinishicha, Tramp lavozimni egallaganida 2017-moliyaviy yil uchun qochqinlarni qabul qilish bo‘yicha 50 ming kishilik kvotani tasdiqlagan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, prezidentning siyosiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi Stiven Miller ham kvotani qisqartirish fikrida. U 15 ming kishini qabul qilishni taklif qilgan.

Avvalroq AQSh oliy sudi Trampning immigratsiya farmoniga cheklovni vaqtinchalik bekor qilgandi.

Top