Prokuratura tuman hokimi maktab direktorlarini kaltaklagani bilan bog‘liq vaziyatni tekshirishni boshladi

Sirdaryo viloyat prokuraturasi Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev o‘tgan oy oxirida tumandagi maktablar direktorlarini do‘pposlagani aks etgan video bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bu haqda «Kun.uz» nashriga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
«12.09.2017 yilda «kun.uz» saytida joylashtirilgan Sayxunobod tumani hokimining harakatlari haqidagi videomaterialda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Tekshiruvning borishi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan», deyilgan Bosh prokuratura xabarida.
12 sentabr kuni Kun.uz sayti Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida avgust oyi oxirida ro‘y bergan hodisa videosini e'lon qildi. Unda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Mahmudovich Egamberdiyev tumandagi maktablarning direktorlarini yig‘ib, ularni bir qatorga tergan holda kaltaklagani tasvirlangandi. Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xiaomi Redmi A5’ni taqdim etdi: kuchli kameralar va yuqori samaradorlik yangi dizaynda
O‘zbekiston | 15:00
-
«Xalqaro institutlar bugun samarasiz bo‘lib boryapti» – prezident global iqtisodiy holat haqida
O‘zbekiston | 14:44
-
Latviya o‘zbekistonlik haydovchilarni Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlarida ishga joylashtiradi
O‘zbekiston | 14:12
-
Reuters: Rossiya harbiy ta’minot uchun AQSh firmasidan foydalanmoqchi
Jahon | 13:53
Mavzuga oid

15:56 / 26.03.2025
Sirdaryoda stadionda odamlar ustiga haydalgan Captiva auksionda sotilib, puli davlat hisobiga o‘tkazildi

10:43 / 25.09.2024
Sirdaryoda odamlar ustiga Captiva haydagan erkak qamaldi. Uning mashinasi esa musodara qilingan

15:07 / 09.06.2024
Sirdaryoda somon ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketdi

15:19 / 07.04.2024