23:04 / 13.09.2017
26556

Reyting: Mehmonlarni xush ko‘rmaydigan mamlakatlar

Dunyoning eng mehmon yoqtirmaydigan mamlakatlari reytingi taqdim etildi. Passport Index versiyasiga ko‘ra, bu Afg‘oniston, KXDR, Somali, Suriya va Turkmaniston mamlakatlaridir. Manbada ta'kidlanishicha, bu  mamlakatlarda vizasiz rejimga doir kelishuvlar yo‘q. 

Faqatgina Namibiya sayyohlarini vizasiz qo‘yadigan Angola mehmonnavoz bo‘lmagan davlatlar reytingining ikkinchi o‘rnidan joy oldi. 

Uchinchi o‘rin bir necha mamlakat - Butan, Ekvatorial Gvineya, Eriteriya, Iroq va Liviya mamlakatlari tomonidan band qilingan. 

O‘zbekiston mehmon yoqtirmaydigan mamlakatlar reytingining 148-pog‘onasida qayd etilgan. Ro‘yxatda jami 198 mamlakat nomi keltirilgan. 

Top