2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining 2 ta yarim finali va final o‘yin uchun maxsus bir necha kishilik joylar chipta narxi 564 ming dollarni tashkil etadi. Bu haqda FIFA saytida ma'lum qilinmoqda.

Shu haftada JCh-2018 uchun chiptalar savdosi 14 sentabrdan boshlanishi e'lon qilingan edi. Eng qimmat chipta 66 ming rublni tashkil etadi. Rossiya fuqarolari uchun guruh bosqichi o‘yinlari uchun chipta narxi 1280 rubldir.