Shukrulloga «Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi» mukofoti berildi

Foto: Ziyo.uz
Turk dunyosining 2017 yildagi madaniy poytaxti Turkiston shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Turk dunyosi adabiy nashrlari muharrirlarining 7-kongressi»da Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasining «Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi 2016» mukofoti buyuk o‘zbek shoiri va yozuvchisi Shukrulloga taqdim etildi. 96 yoshli Shukrullo domla kongressga kela olmagani uchun sovrinni topshirish vakolati Ziyouz portali muharriri Davronbek Tojialiyevga topshirilgan.
«Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi» mukofoti har yili turkiy dunyoning eng hurmatli va usta shoir-yozuvchilariga taqdim etiladi. Bu mukofotga 2011 yili Ali Oqbosh (Turkiya), 2012 yili Anor (Ozarboyjon), 2013 yili To‘len Abdik (Qozog‘iston), 2014 yili Ismoil Bo‘zqurt (Kipr), 2015 yili Umar Sultonov (Qirg‘iziston) sazovor bo‘lgan.
Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1981). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977). Pedagogika bilim yurti (1935— 38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944).
Ilk she'rlar to‘plami — «Birinchi daftar» (1949). «Qalb qo‘shiqlari» (1949), «Hayot ilhomlari» (1959), «Umrim boricha» (1960), «Inson va yaxshilik» (1961), «Zarralar» (1973), «Suyanchiq» (1977), «Yashagim keladi» (1978), «Sening baxting» (1988), «To‘qilgan dardlarim» (2001), «Shafaq» (2007) va boshqa she'riy asarlar muallifi. Ko‘plab dostonlar («Asr bahsi», 1985), bolalarga atalgan she'r va ertaklar («Yulduzlar, 1964) hamda she'riy dramalar («Hasrat bog‘i», 2004) yozgan. «Javohirlar sandig‘i» (1983) essesi, qatag‘on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko‘milganlar» (1989) avtobiografik qissasi, «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi ham bor. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). «Do‘stlik» (1994) va «El-yurt hurmati» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bs EXPRESS – logistika sohasining 4 karra “Yil brendi” g‘olibi
O‘zbekiston | 17:00
-
Toshkentdagi omborxonada yuz bergan katta yong‘in o‘chirildi
Jamiyat | 16:42
-
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
O‘zbekiston | 16:40
-
Bir qancha viloyatlarda aholidan sut yig‘adigan 100 ta punkt tashkil etiladi
O‘zbekiston | 16:11
Mavzuga oid

11:38 / 02.04.2025
O‘qotar qurolni ixtiyoriy topshirganlarga mukofot puli to‘lanadi

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

14:18 / 03.02.2025
Diyora Keldiyorova xalqaro dzyudo federatsiyasi tomonidan «Yil voqeiyligi» mukofotini qo‘lga kiritdi

13:45 / 29.01.2025