Toshkentning yana 280 chorrahasida videokameralar o‘rnatiladi

Foto: KUN.UZ
Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish kameralari Toshkentning yana 280 chorrahasida o‘rnatiladi, deb yozmoqda Carzone.uz IIV vakiliga asosan.
IIV vakili aytishiga qaraganda, yaqinda O‘zbekistonda videoqayd kameralari o‘rnatishning ikkinchi bosqichi boshlanadi.
«Kameralar o‘rnatishning ikkinchi bosqichi «Xavfsiz shahar» loyihasi doirasida taxminan ikki yil davomida amalga oshiriladi. Ushbu davr mobaynida kameralar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi», — degan vazirlik vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda kameralar kiritish tizimi nafaqat kengaytirib, balki, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida, yanada takomillashtirib ham boriladi.
«Bizning xodimlar bir necha xorijiy mamlakatlarda bo‘lishdi. Masalan Xitoyda kameralar qoidabuzarlikning 10ga yaqin turini aniqlash imkoniga ega. Toshkentda esa bugungi kunda kameralar faqat 2 turdagi qoidabuzarlikni aniqlamoqda: tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tib ketish. Ushbu yo‘nalishda ham ishlaymiz» — degan IIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkentda kameralar har kuni 700 tadan dan 1000 tagacha qoidabuzarliklarni aniqlamoqda. Kameralar tomonidan qayd qilingan qoidabuzarliklar 3 kun ichida rasmiylashtirib, pochta orqali avtoulov egasiga yuboriladi. Agar avtomobil yuridik shaxs nomida bo‘lsa, firma direktoriga yuboriladi.
Avtoulov egasi jarimani 2 oy ichida to‘lashi shart, aks holda 61-kuni avtomobil jarima maydonchasiga joylashtiriladi. Yo‘l harakati xavfsizligi noziri tomonidan yozib berilgan jarimalarni to‘lash uchun bir oy muddat beriladi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?
Jahon | 16:31
-
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi
Jahon | 16:02
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025