17:12 / 13.09.2017
9610

Video: Frank Riberi zaxiraga olinishiga keskin munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Hasan Salihamidjich jamoa yarimhimoyachisi Frank Riberining Yevropa chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan «Anderlext»ga qarshi uchrashuvda (3:0) zaxiraga olinishiga bildirgan noroziligi borasida gapirib o‘tdi.

Frantsuz futbolchisi 78-daqiqada maydonni tark etgandi. U zaxira o‘rindig‘iga yaqinlashganida futbolkasini yechib Xavi Martines o‘tirgan joy yaqiniga qadar jahl bilan uloqtirgan.

«Bavariya»da bunaqa bo‘lishi kerak emas. Bu yaxshi emas. Biz bu borada gaplashib olamiz», – deya Salihamidjichning so‘zlarini keltiradi Frankfurter Allgemeine Zeitung.

Mavzuga oid
Top