JDQA vakillari rossiyalik sportchilarga qarshi ishlarni qayta ko‘rib chiqishda Moskva dopingga qarshi laboratoriyasi sobiq rahbari Grigoriy Rodchenkovga murojaat qilishmagan. 

«Uning ko‘rsatmalarini olish imkoniyati mavjud emasligi ayrim ishlarning yopilishiga sabab sifatida ko‘rsatilgan», — deya oydinlik kiritgan Rodchenkov advokati Jim Uolden. Shu bilan birga, Uolden so‘zlariga ko‘ra, aslida ularga birorta maktub kelmagan.