12:20 / 14.09.2017
12757

APL klublari Chempionlar Ligasida rekord natija qayd etdilar.

Foto: Getty Images

Angliya Premer-ligasi jamoalari Chempionlar ligasida rekord natija qayd etdi

2017/2018 yilgi YeChL guruh bosqichida APL nomidan qatnashayotgan 5 jamoa umumiy hisobda 13 ochko jamg‘arishdi. «Manchester Yunayted» «Bazel»ni, «Manchester Siti» Feyyenoord»ni, «Chelsi» «Qorabog‘»ni yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lishsa, «Tottenhem» «Uembli»da «Borussiya» ustidan 3:1 hisobida ustun keldi. Faqatgina «Liverpul» (2:2) «Sevilya»ga qarshi o‘yinda ochko yo‘qotdi.

To‘plar nisbati 18-3 natijasi bilan 13 ochko to‘plagan APL jamoalari La-Liganing 2016/17 va 2015/16 yilgi mavsumlarda qayd etgan (12 ochko) ko‘rsatkichlarini ortda qoldirdi. 

Umuman olganda, bu mavsumda YeChL da ilk bor Angliyadan 5 jamoa ishtirok etmoqda. Yevropa Ligasini «Manchester Yunayted» yutib olgani sababli, bu jamoa guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lgan edi.

Aslida 2005/06 mavsumida ham inglizlar YeChL da 5 jamoa bilan qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lgan edilar, ammo «Everton» klubi pley-offdan o‘ta olmagan edi.

La Liga esa, YeChL tarixida ilk marotaba ikki yil oldin guruh bosqichida besh jamoani taqdim etgan. Yevropa Ligasini yutgan «Sevilya» beshinchi jamoa sifatida YeChL guruh bosqichiga qo‘shilgandi. Ammo o‘shanda Ispaniya jamoalarining bir turda ko‘pi bilan 12 ochko jamg‘arishgandi.

Mavzuga oid
Top