Sport | 13:40 / 14.09.2017
26207
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi: O‘zbekiston qulashda davom etdi

Xalqaro futbol Ittifoqi FIFA terma jamoalarning sentabr oyi uchun yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi yana pastladi.

JCh-2018 yo‘llanmasidan quruq qolgan O‘zbekiston terma jamoasi bu safar reytingda bir yo‘la besh pog‘onaga pastlab, 69-o‘ringa tushib ketdi. 511 ball to‘plagan o‘zbekistonliklar, Xitoyni ham oldinga o‘tkazib yuborib, Osiyoning 7-jamoasiga aylanib qoldi.

Reytingning yuqori qismida ham sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Germaniya terma jamoasi Braziliyani ortda qoldirib uzoq tanaffusdan keyin yana yetakchi bo‘lib oldi. Portugaliya esa bu safar Argentinani kuchli uchlikdan pastga tushirib yubordi.

Quyida FIFA reytingining top-10ligi va Osiyo terma jamoalari joylashuvi bilan tanishib olishingiz mumkin:

FIFA reytingi. Sentyabr

1. (2) Germaniya — 1606 ochko
2. (1) Braziliya — 1590
3. (4) Portugaliya — 1386 
4. (3) Argentina — 1325
5. (9) Belgiya — 1265
6. (7) Polsha – 1250 
7. (4) Shveytsariya – 1210 
8. (10) Fransiya – 1208 
9. (7) Chili – 1195
10. (8) Kolumbiya — 1191 

...

25. (24) Eron — 865
40. (44) Yaponiya — 737
50. (45) Avstraliya — 662
51. (49) Janubiy Koreya — 659.4
53. (59) Saudiya Arabistoni — 641
62. (77) Xitoy  — 564
69. (64) O‘zbekiston — 511.

Mavzuga oid