Özbekistonda valyutani sotib olişning naqd körinişiga qadamma-qadam ötiladi. Bu haqida Markaziy bank (MB) raisining birinçi örinbosari Temur Işmetov 14 sentabr kuni bölib ötgan MB tadbirida ma'lum qildi.
"Hozirça valyutani sotib oliş maxsus kartaga mablağlarni yönaltiriş böyiça amalga oşirilmoqda. Keyinçalik, qadamma-qadam uning naqd körinişiga ham ötiladi. Gap bir neça oy haqida ketmoqda", - dedi MB vakili KUN.UZ muxbirining çet eldan keltiriluvçi dori-darmonlar va naqd pul borasida yuzaga keluvçi muammolarga doir savoliga.
Şu örinda Markaziy bank raisining birinçi örinbosari bugungi kunda hukumat dori-darmonlar narxini pasaytirişga jiddiy e'tibor qaratayotganini ta'kidlab, quyidagi ma'lumotlar bilan bölişdi.
"Hukumat bu masalaga jiddiy e'tibor qaratmoqda. 2017 yilda kasalxonalar uçun ajratilgan mablağlar miqdori 70 million dollardan 140 million dollarga, ya'ni ikki barobarga oşirildi. Keyinçalik bundan-da oşirib boriladi".
2018 yilning ikkinçi yarmida "Valyutani tartibga soliş töğrisida"gi qonun yangi tahrirdan çiqişi ma'lum qilindi. U vaqtga qadar esa, bu yönalişda yana qanday işlar qiliş mumkinligi, özgarişlarning mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta'sir körsatişi kuzatiladi, söngra aholining talab va takliflaridan kelib çiqqan holda Valyutani tartibga soliş töğrisidagi qonun tahrirlanişi ta'kidlandi.













