08:21 / 14.09.2017
39155

Texas shtatidagi plyajda sirli mavjudot topildi

Biolog Priti Desay tvitterda o‘tkir tishli va ko‘zi bo‘lmagan sirli mavjudot suratini chop etdi. Ta'kidlanishicha, ushbu g‘ayritabiiy jonzot “Harvi” dovulidan keyin Texasdagi plyajlardan birida aniqlangan.

Foto: twitter.com/preetalina

“OK, tvitter-biologlar, buning nimaligini menga yozib yuboring. Texas-Siti plyajida topilgan”, deb yozgan Desay.

Xabarga qoldirilgan izohlarda bu jonzot ehtimol ilonbaliqlarning qandaydir o‘ziga xos turi bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Top