19:35 / 14.09.2017
8468

Tereza Mey Ilhom Aliyev bilan uchrashmoqchi

Foto: RIA "Novosti"

Buyuk Britaniyaning Yevropa va AQSh ishlari bo‘yicha vaziri Alan Dunkanning xabar berishicha, mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Interfaks» ma'lum qildi.

«Ilhom Aliyev bilan bugun bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Ozarboyjon hamda Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, xususan, siyosat va savdo masalalarini muhokama qildik. Men prezidentga T.Mey yaqin orada u bilan uchrashish istaganida ekanini aytdim», - dedi u.

Bu haqda u jurnalistlarga Bokuda so‘zlab berdi.

Mavzuga oid
Top