Adliya vazirligi “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga qöşimça va özgartiş kiritiş haqidagi” Qonun loyihasini jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlarini tahlil qiliş natijalariga köra işlab çiqdi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida, har bir şaxs mehnat qiliş, erkin kasb tanlaş, adolatli mehnat şaroitlarida işlaş va qonunda körsatilgan tartibda işsizlikdan himoyalaniş huquqiga egaligi belgilangan.
Mehnat kodeksining 6-moddasida, mehnatga oid munosabatlarda kamsitişning taqiqlanişi körsatilgan.
Biroq, amaldagi qonunçilikda şaxsning özini yoki yaqin qarindoşlarini muqaddam sudlanganligi munosabati bilan işga qabul qilişni rad etilişi tartiblari aniq belgilanmaganligi, fuqarolarning mehnat qiliş va erkin kasb tanlaş huquqini töliq amalga oşirilişiga tösqinlik qilmoqda.
Vaholanki, amaliyotda şaxsni yaqin qarindoşlarining yoki özining sudlanganligi munosabati bilan işga qabul qilişni rad etiş holatlari kuzatilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 42-moddasida, jazo mahkumni axloqan tuzatiş, uning jinoiy faoliyatni davom ettirişiga tösqinlik qiliş hamda mahkum, şuningdek boşqa şaxslar yangi jinoyat sodir etişining oldini oliş maqsadida qöllanilişi belgilangan.
Qonunda közlangan maqsadni amalga oşiriş uçun esa, muqaddam sudlangan, jazoni töliq ötab kelgan şaxslarni ahloqan tuzatiş, yangi jinoyat sodir etişining oldini oliş, işga joylaştiriş va normal hayotga moslaştiriş masalalarini hal etiş lozim böladi.
Loyihada Mehnat kodeksiga qöşimça va özgartiş kiritilib, şaxsning muqaddam sudlanganligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno yoxud yaqin qarindoşlarining sudlanganligi munosabati bilan işga qabul qilişni rad etilişini ta'qiqlovçi normani örnatiş nazarda tutilmoqda.
Mazkur masala yuzasidan xorijiy davlatlarning qonunçiligi örganildi.
Xususan, Fransiya Respublikasi Mehnat töğrisidagi Kodeksining L1132-1 L1132-4-moddalarida, Latviya Respublikasi Mehnat huquqining 7-bölimida, şaxsning sudlanganligi munosabati bilan kamsitiş ta'qiqlanişi belgilangan.
Şu kabi, AQŞ, Buyuk Britaniya davlatlarining qonunçiligida şaxsning sudlanganligi munosabati bilan kamsitişga yöl qöyilmasligi belgilangan.













