Jamiyat | 07:46 / 14.09.2017
4328
2 daqiqa o‘qiladi

WikiLeaks informatori va Oq uyning sobiq matbuot kotibi Garvardda ma'ruzalar o‘qiydigan bo‘ldilar

Foto: EPA

May oyida ozodlikka chiqqan WikiLeaks informatori Bredli Menning va Oq uyning sobiq matbuot kotibi Shon Spayser Garvard universiteti huzuridagi siyosiy fanlar institutida ma'ruzalar o‘qishga taklif qilindilar. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

“Institutimizning poydevori o‘quvchilarning mutaxassislar, yetakchi siyosatchilar va zamonaviy siyosat chegaralarini aniqlashda qoidalarni o‘rnatuvchilar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini kengaytirish hisoblanadi. Biz jins va irqlarning o‘zaro ta'sirlashuvi, siyosat va ommaviy axborot vositalari kabi sohalarda qarashlar turfaligini ijobiy qarshilaymiz”, deb aytgan universitet direktori Bill Delxant.

U 1966 yilda tashkil etilgan, eng bilimdon odamlarni Garvard fakultetlarida ma'ruzalar o‘qish uchun taklif qilishga imkon beruvchi dasturni noyob deb atadi.

2013 yil avgustda Merilend shtatidagi Fort-Mid bazasi harbiy sudi Menningni davlat sirlarini oshkor qilgani uchun 35 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi. U shu yilning o‘zidayoq jinsini almashtirmoqchiligini va uni Chelsi ayollar ismi bilan chaqirishlarini iltimos qilgan. 2015 yil fevralda Fort-Livenuort harbiy turmasi boshlig‘i Menningga jinsini o‘zgartirish uchun gormonal terapiyani boshlashga ruxsat bergan. Joriy yilning 17 yanvarida esa AQShning ketayotgan prezidenti Barak Obama ma'muriyati WikiLeaks axborotchisiga jazo yumshatilishini e'lon qilgan va shu tariqa Menning may oyida ozodlikka chiqqan.

Shon Spayser esa Oq uyni avgustda tark etdi. U bu qarorini Oq uyning kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori etib tayinlangan Entoni Skaramuchchi va uning jamoasi ishlashiga xalaqit qilishni istamayotgani bilan tushuntirgan. 

Mavzuga oid