Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya KXDRga 8 mln dollar o‘tkazib bermoqchi
Foto: RIA "Novosti"
Janubiy Koreya hukumati KXDRga insonparvarlik yordami sifatida 8 mln dollarni yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda «Ryonxap» mamlakatni birlashtirish vazirligiga tayanib ma'lum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, mablag‘ni xalqaro tashkilotlar orqali o‘tkazib berish rejalashtirilgan.
«Davlatning pozitsiyasi shundan iboratki, Shimoliy Koreyadagi ijtimoiy himoyalanmagan fuqarolarga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish, siyosiy nuqtai nazardan farqli ravishda davom ettirilishi lozim», - deya ma'lum qildi Janubiy Koreya vazirligidagi amaldor.
Ayni paytda mamlakat hukumati yordamni ko‘rsatish detallari va yetkazib berish muddatlarini aniqlashtirib olish niyatida.
Avvalroq, Amerika razvedkasi KXDRda yangi raketa sinoviga tayyorgarlik ketayotganini aniqlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:39
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
21:47 / 26.01.2026
Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga viza berishni to‘xtatishi mumkin
14:32 / 24.01.2026
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
19:00 / 23.01.2026