Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 o‘yinlari uchun chiptalar sotilishi boshlandi
Foto: championat.com
2018 yil yozida Rossiya yashil maydonlarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchrashuvlari uchun chiptalar sotuvining birinchi bosqichi boshlandi.
12 oktabrga qadar muxlislar chipta sotib olish uchun so‘rovlarni yo‘llashi mumkin bo‘ladi. Agar so‘rovlar hajmi o‘rinlar hajmidan oshib ketsa, chipta egalari qur'a tashlash orqali aniqlanadi.
Sotuvning birinchi bosqichi ikkinchi davri esa 16-28 noyabr kunlari mobaynida bo‘lib o‘tadi. Bu bosqichda kassalarda xaridorlarga xizmat ko‘rsatiladi.
JCh-2018 uchun 1 dekabr kuni qur'a tashlanadi, shundan so‘ng sotuvning ikkinchi bosqichiga start beriladi. Bu bosqichda ham qur'a tashlash orqali aniqlash uslubini qo‘llash nazarda tutilgan.
Uchinchi bosqich 18 aprelda boshlanadi, bu bosqichda chiptalarni navbatga turib xarid qilish mumkin bo‘ladi.
Bundan avvalroq Rossiyadagi JCh-2018 finali uchun eng qimmat chipta narxi ma'lum bo‘lgandi. Unga ko‘ra, final o‘yin uchun maxsus bir necha kishilik joylar chipta narxi 564 ming dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:43 / 19.12.2025
Centrum Air bir o‘ringa 2 ta chipta sotishi natijasida ikki fuqaro Istanbul aeroportida qolib ketdi
18:50 / 12.12.2025
FIFA JCh-2026 chiptalarining qimmat narxi tufayli «ulkan xiyonat»da ayblandi
23:23 / 11.12.2025
JCh-2026 chiptalari uchun arizalar qabuli boshlandi
21:41 / 28.11.2025