09:37 / 15.09.2017
16254

Aql bovar qilmas video: Falcon 9 raketasining muvaffaqiyatsiz qo‘nishlari bir videoga jamlandi

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 raketa-tashuvchisi quyi pog‘onasining muvaffaqiyatsiz qo‘nishlari aks etgan videojamlanmani namoyish qildi. Bu haqda “Ommabop mexanika” nashri yozmoqda.

“Vaziyatning murakkabligi shundaki, ilk ko‘p marotabalik orbital sinfdagi Falcon 9 raketasi nihoyat beshikast qo‘na oldi. Falcon bizni haligacha yaxshi ko‘rishini anglab, oxir-oqibat yo‘riqnomani o‘qib chiqqan ko‘rinadi (bu yerda raketa qo‘ndiriladigan “Of Course I Still Love You” (Albatta, men sizni hali ham yaxshi ko‘raman) va uni tortib ketuvchi "Just Read the Instructions" (Shunchaki yo‘riqnomani o‘qi) barjasi nomiga hazil qilingan)”, deb videoga izoh bergan kompaniya rahbari Ilon Mask. 

Videoda Falcon 9’ning 2013 yilda qo‘ndirilishi vaqtida portlashidan tortib 2016 yil iyunida qo‘nish vaqtida yonilg‘i yetmagani sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragani videolari namoyish qilingan.

Rolik Falcon 9’ning 2015 yil dekabrda yerga va 2016 yil aprelda “Of Course I Still Love You” dengiz platformasiga ilk muvaffaqiyatli qo‘nishlari tasvirlari bilan yakunlangan.

Mavzuga oid
Top