Buyuk Britaniyada dunyodagi eng keksa mushuk hayotdan ko‘z yumdi. U 32 yoshda bo‘lgani aytilmoqda.

Metro nashrining xabar qilishicha, hayvon yurak yetishmovchiligi tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Mushuk egalarining so‘zlariga ko‘ra, u oilaga 1990 yilda, besh yoshda bo‘lganida kelgan.

Avvalroq dunyodagi eng keksa panda hayotdan ko‘z yumgani xabar berilgandi.