Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda bir paytda yuz bergan ikkita teraktda qurbon bo‘lganlar soni 74 kishiga yetdi
Foto: Getty Images
Iroq janubida joylashgan Di-Kor viloyatidagi (sobiq Muntafiq viloyati) ikkita terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 74 kishiga yetdi, yana 93 inson jabrlandi. Bu haqda Al-Jazeera telekanali viloyat sog‘liqni saqlash departamenti rahbari o‘rinbosariga asosan xabar bergan.
"Iroq janubidagi terakt qurbonlari soni 74 kishiga yetdi, 93 inson jarohatlandi", - deya Abdul Husayn al-Jabriyning so‘zlarini keltiradi telekanal.
Terrorchilar Nosiriya shahridan g‘arbda joylashgan tumanda kafega hujum qilishdi va Di-Kor hamda Mutanna viloyatlari o‘rtasidagi nazorat-o‘tkazish nuqtasida mashinani portlatishgan. Ta'kidlanishicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida Eron fuqarolari ham bor.
Sky News Arabia telekanalining xabar berishicha, IShID terrorchilik guruhi terakt uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olgan.
Kecha Iroqda birdaniga ikkita terakt yuz bergani, qurbonlar juda ko‘p ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:46 / 02.03.2026
Bundesver askarlari joylashgan obektlar Eron tomonidan o‘qqa tutildi
20:27 / 28.02.2026
Yaqin Sharqdagi mojaroning ilk kuni: Eron, Suriya, Iroq va BAAda qurbonlar qayd etildi
09:20 / 23.02.2026
Zelenskiy: Lvivdagi teraktni RF Telegram orqali tashkil etgan
16:41 / 22.02.2026