19:03 / 15.09.2017
14368

Tramp internetni «o‘chirib qo‘yish» taklifi bilan chiqdi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp internet yangi terrorchilarni yollash uchun bosh vosita ekanini ma'lum qildi hamda uni London metrosidagi portlash tufayli o‘chirib qo‘yish taklifi bilan chiqdi.

«Omadsiz terrorchilar bilan juda qattiq munosabatda bo‘lish kerak. Internet – ularni yollashdagi bosh vosita. Biz uni o‘chirib qo‘yishimiz va yaxshiroq foydalanishimiz kerak!», - deya yozgan u o‘z tvitterida.

Shuningdek, uning yozishicha, AQShda qochqinlarni qabul qilishga vaqtinchalik taqiq kengaytirilishi va kuchaytirilishi lozim.

Avvalroq London metrosida portlash yuz bergani xabar qilingandi.

Top