Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afsonaviy olim Stiven Xoking YES forumida gologramma tarzida namoyon bo‘ldi
Foto: Natalya Gumenyuk/public
Jahonga mashhur fizik olim Stiven Xoking 14-Yalta Yevropa strategiyasida (YES) gologramma ko‘rinishida namoyon bo‘lib, anjuman ishtirokchilarini hayratlantirdi.
Hromadske nashrining xabar qilishicha, mashhur olimning nutqi boshqa sayyoralarni egallash, Oyda mustamlaka yaratish va sun'iy ong kabi masalalarga bag‘ishlangan.
Olim ixtirochi Ilon Mask bilan sun'iy ongni nima uchun va qanday qilib ehtiyotkorlik bilan o‘rganish haqidagi petitsiyani imzolaganini so‘zlab bergan. “Oyog‘ingiz ostiga emas, yulduzlarga qarang, qiziquvchan bo‘ling”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan olim.
Olimning fikricha, sun'iy ong sekin kechuvchi biologik evolyutsiya bilan cheklangan odamlardan ko‘ra tezroq o‘zini qayta shakllantira olishi mumkin. Shu sababli odamlarga sun'iy ong bilan borgan sari raqobatlashish qiyin bo‘ladi.
Yalta European Strategy forumi Ukraina va dunyoning nufuzli siyosatchilari va tadbirkorlari yig‘iladigan anjuman bo‘lib, 2004 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadi. Ushbu forumning asoschisi taniqli ukrainalik tadbirkor va saxovatpesha Viktor Pinchuk hisoblanadi. Anjumandan maqsad Ukraina, uning yevropacha kelajagini rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:27
Ryutte: Tramp Ukrainada nima bo‘layotganini to‘liq anglab turibdi
08:32
YeI mudofaa vazirlari: Kiyevga yordam uchun 90 mlrd yevro yetarli bo‘lmaydi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
12:05 / 11.02.2026