17:16 / 16.09.2017
6123

APL. Kun mutlaq antirekord bilan boshlandi

Angliya Premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan shanba kungi dastlabki uchrashuvda yangi bosh murabbiyga ega bo‘lgan «Kristal Pelas» o‘z uyida «Sauthempton»ni qabul qildi.

Uchrashuv taqdirini 6-daqiqada mehmonlar yarimhimoyachisi Stiven Devis tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Natijada «Kristal Pelas» De Burdan lavozimni qabul qilib olgan Roy Hojson boshchiligidagi dastlabki mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi.

Shu bilan birga «Kristal Pelas» APLni ketma-ket beshta mag‘lubiyat bilan boshlab, ularda birorta ham to‘p kirita olmagan birinchi jamoaga aylandi. Shuningdek «burgutlar» APLda eng uzoq vaqt davomida gol kirita olmaslik bo‘yicha «Nyukasl tomonidan o‘rnatilgan 11 yil oldingi antirekordni ham takrorladi.

Jamoa hozircha APL turnir jadvalida so‘nggi 20-o‘ringa muqim joylashib olgan. «Sauthempton» 8 ochko bilan 5-pog‘onagacha ko‘tarildi.

Angliya premer-ligasi, 5-tur

Kristal Pelas – Sauthempton 0:1 (0:1)
Gol: 
Devis (6).
Kristal Pelas: Hennessi, Shlupp, Denn, Uord, Panchon, Kabay, Taunsend, Makartur (Milivoyevich, 69), Loftus-Chik (Sako, 78), Fosu-Mensa, Benteke.
Sauthempton: Forster, Yosida, Bertran, Soaresh, Xudt, Romeu, Lemina, Devis, Tadich (van Deyk, 87), Redmond (Uord-Prouz, 85), Long (Gabbyadini, 90).
Ogohlantirishlar: Kabay (33), Panchon (50), Uord (56), Makartur (67), Long (77), Denn (82).

Top