Britaniya politsiyasi London metrosidagi terakt ishi doirasida 18 yoshli gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda London huquq-tartibot idoralari saytida xabar berilgan.

Ta'kidlanishicha, qo‘lga olingan shaxs - 18 yoshli yigit. Politsiyaning o‘zi qo‘lga olish jarayonini tergov doirasidagi «juda muhim» holat bo‘lganini qayd etgan.

«Garchi biz olg‘a siljishdan xursand bo‘lsak-da, bu tergov davom etmoqda hamda tahdid darajasi eng baland nuqtada qolmoqda», - deyiladi bayonotda.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, yigit Britaniya janubidagi Duvr port shahrida, terrorizm bilan kurash bo‘yicha qonun doirasida ushlandi.

U yaqin orada London politsiyasi bo‘linmasiga olib kelinadi.

Bayonotda ko‘rsatilishicha, qo‘lga olish politsiya ishini kuchaytirishiga olib keladi, biroq huquq-tartibot idoralari xodimlari batafsil ma'lumot berishdan bosh tortishgan.

Politsiyaning qo‘shimcha qilishicha, ularga guvohlar terakt joyidan 77 ta foto va videoni taqdim etishdi.

Avvalroq Londondagi terakt ijrochisining shaxsi aniqlangani xabar berilgandi.