Marg‘ilonda 2 tonnalik palov tayyorlandi

Avval xabar qilinganidek, Marg‘ilonda «Atlas bayrami» milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalning beshinchi kuni Marg‘ilon shahridagi “Yoshlik” istirohat bog‘ida o‘tkazildi. Sayyohlarni jalb etgan yana bir voqea - 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari yordamida 2 tonnalik palov tayyorladi.
Osh damlanishi uchun 500 kilogramm guruch, 245 kg mol go‘shti, 75 kg qo‘y go‘shti, 50 kg dumba yog‘i, 81 litr paxta yog‘i, 55 litr o‘simlik yog‘i, 650 kg sabzi, 100 kg piyoz, 35 kg no‘xat, 2 kg zira, 50 kg mayiz, 15 kg tuz, 1 kg qora murch hamda 500 litr suv kerak bo‘ldi.
Mazkur osh tayyorlanishida 23 yoshli Muhammadali Hayitboyevga 20 dan ziyod marg‘ilonlik yoshlar ko‘makchi bo‘ldilar. Vodiylik mohir oshpazlar shogirdlarga maslahatlar berib turishdi.
Palovni tayyorlash uchun Marg‘ilon shahri hokimligi tomonidan katta o‘choq tayyorlandi, shuningdek, oshpaz o‘zining shaxsiy rekordi uchun maxsus qozon ham tayyorlatdi. Festivalga 60dan ziyod xorijiy hamkorlar tashrif buyurdi.
Ahror Ziyo
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti

18:24 / 09.03.2025
“Hazm qilishni yaxshilaydi, odamni to‘q tutadi” – nisholda qanday tayyorlanadi?

08:00 / 06.02.2025