Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Foto: uzbekistan24

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. 

Foto: uzbekistan24

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat Prezidentlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stona munosabatlarni izchil rivojlantirishga qaratilgan ko‘plab hujjatlar imzolanadi.