Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlar Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
Foto: KUN.UZ
Toshkentdagi "O‘zekspomarkaz"da 15-17 sentabr kunlari Qozog‘iston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbir Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida tashkil etildi.
KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, 16 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev ko‘rgazmaga tashrif buyurib, ekspozitsiyalar bilan tanishishdi.
Mazkur ko‘rgazmada Qozog‘istonning avtomobilsozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish materiallari va boshqa tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalarining mahsulotlari namoyish etilmoqda.
Mavzuga oid
10:46 / 13.10.2025
O‘zbekiston Osakadagi butunjahon ko‘rgazmasida oltin medalni oldi
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025