21:21 / 16.09.2017
22109

Shavkat Mirziyoyev hamda Nursulton Nazarboyev To‘labiy maqbarasini ziyorat qildi

Foto: O‘zbekiston24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 16 sentabr kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Prezidentlar poytaxtimizdagi Shayx Xovandi Tohur va To‘labiy maqbaralarini ziyorat qildilar. Shu yerda ommaviy axborot vositalari vakillariga qisqacha intervyu berildi. 

Nursulton Abishevich tashriflarini muqaddas qadamjolar ziyoratidan boshlaganida katta ma'no bor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Chunki To‘labiy xalqlarimiz birdamligi va hamjihatligi yo‘lida xizmat qilgan. Shayx Xovandi Tohur bobomiz ham butun umr elni tinchlik va osoyishtalikka chorlagan. Bugun xalqlarimiz birdamligi yo‘lida qilinayotgan ishlar ham ana shu qadimiy do‘stligimizni yanada mustahkamlashga qaratilgan. 

Xalqlarimiz buyuk ajdodlarini doimo hurmat qilib kelgan, dedi Nursulton Nazarboyev. O‘zbekiston zaminida qozoq xalqining ardoqli farzandi To‘labiy dafn etilgan. To‘labiy o‘z davrining taniqli shaxslaridan biri bo‘lib, qozi sifatida tanilgan. "Jyeti Jarg‘i" qonunlar to‘plamini tuzishda mualliflardan biri bo‘lgan. Doimo elni birlikka boshlagan. Shavkat Miromonovichga qozoq xalqining buyuk farzandi To‘labiy maqbarasini obodonlashtirishga qaratayotgan katta e'tibori uchun minnatdorlik bildiraman. Xalqlarimizni buyuk ajdodlarimiz ruhi doimo qo‘llasin. 

Top