Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot kolleji o‘quvchisi pichoqlandi
Andijon tibbiyot kollejida jinoyat sodir etildi. Bu haqda KUN.UZ muxbiri xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, kecha, 15 sentabr kuni tibbiyot kollejining 307-guruh o‘quvchisi J.Sh. mazkur muassasaning 215-guruh o‘quvchisi A.Sh. bilan janjallashib qoladi. A.Sh. yordamga o‘z akalarini chaqiradi va uning uch nafar akasi kollejga kelib, 307-guruh o‘quvchisi J.Sh.ga pichoq urib, o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.
Jabrlanuvchi viloyat shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgach, jarrohlik amaliyotidan o‘tkazilgan. Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tez orada voqea tafsilotlari bo‘yicha batafsil ma'lumot beriladi.
Mavzuga oid
17:24 / 01.01.2026
Bobur shahrida rassomlar festivali tashkil etiladi
23:01 / 24.12.2025
OChL-2. «Andijon» biror marta g‘alaba qozonmadi va guruhda qolib ketdi
12:21 / 22.12.2025
Andijonda bozor rastasi quladi (video)
22:08 / 13.12.2025