Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston dunyo parlamentlaridagi ayollar reytingida 126-o‘rinda
Inter-Parliamentary Union milliy parlamentlarning 2017 yilning 1 avgust holatiga ko‘ra berilgan ma'lumotlariga asoslanib, dunyo parlamentlaridagi ayollar reytingini taqdim etdi. Unda 193 mamlakat qatnashgan.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston milliy parlamentdagi ayollar soni bo‘yicha 126-pog‘onada qayd etilgan. Oliy majlisdagi 100 deputatning 17 nafari, ya'ni 17 foizi - ayol kishi.

Parlamentdagi ayollar faolligi reytingida Ruanda (1-o‘rin), Boliviya (2) va Kuba (3) mamlakatlari yetakchi o‘rinlarda.
Qo‘shni mamlakatlarning mazkur reytingdagi natijalari quyidagicha: Afg‘oniston -53, Qozog‘iston - 57, Turkmaniston - 65, Qirg‘iziston -100, Tojikiston - 102-o‘rinda.
Ro‘yxatning eng so‘nggi satrlarida esa Yaman (191), Albaniya (192) va Senegal (193) mamlakatlari nomlari keltirilgan.
Mavzuga oid
14:54 / 11.02.2026
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari milliy reytingi joriy etiladi
16:06 / 09.02.2026
Tailandda - muddatidan oldin parlament saylovlari va referendum
07:19 / 03.02.2026
Eng aqlli davlatlar reytingi: IQ bo‘yicha top-10 mamlakat
20:47 / 30.01.2026