O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro tovar aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazmoqchi

Foto: Liter.kz
O‘zbekiston va Qozog‘iston 2020 yilgacha o‘zaro tovar aylanmasini 5 mlrd dollargacha yetkazmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Toshkentdagi uchrashuv natijalariga ko‘ra ma'lum qildi.
“O‘zbekistonning ba'zi import qilinuvchi mahsulotlar turlariga aksizlarni pasaytirish qarori savdo hamkorligining faollashuvi tomon ijobiy qadam bo‘ldi. Natijada joriy yilning ilk 7 oyida ikki tomonlama savdo hajmi 35 foizga oshdi. Bu juda yaxshi natija”, deb aytgan Nazarboyev.
“2020 yilgacha tovar aylanmasini 5 mlrd dollargacha oshirish vazifasi qo‘yilgan. Shu munosabat bilan hukumatlarga o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va barcha ishlatilmagan zaxiralarni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar berilgan”, deb ma'lum qilgan Nazarboyev.
“O‘rta muddatli istiqbolda 2-3 ta qo‘shma investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga kelishib oldik. Davlatlarimizning gaz sohasida hamkorligi samarali rivojlanmoqda. Hukumatlarga ikki tomon manfaatlarini hisobga olgan holda yangi gaz loyihalarini ishlab chiqish topshirildi”, deb qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.
2016 yil natijalariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2 mlrd dollarni tashkil qilgan. 2017 yil birinchi yarmida ikki davlat o‘rtasida tovar aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,4 foizga, ya'ni 953 mln dollargacha oshgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

14:30 / 14.05.2025
O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan tovar aylanmasi hajmi aytildi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

17:57 / 29.04.2025