16:10 / 17.09.2017
31532

Besh yashar qizchani zo‘rlaganlikda ayblangan amerikalik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: nydailynews.com

Amerikaning Luiziana shtati sudi 32 yoshli fuqaroni besh yashar qizchani zo‘rlaganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Nola shu haqida xabar berdi. 

Gap shundaki, Lens Grandison bu jinoyatni 2011 yilda amalga oshirgan, ammo qizcha ota-onasiga bu haqda bir yil oldingina aytishga jazm qilgan. Qizning onasi politsiyaga xabar berganidan so‘ng Grandison qo‘lga olingan. 

Ma'lum bo‘lishicha, Grandison jinoyatni sodir etishidan avval jabrlanuvchining oilasini yaqindan tanigan bo‘lgan. 

Hukmda u to‘xtatilmasligi, Grandison esa ozodlikka chiqishga umid ham qilmasligi bayon qilingan. 

Mavzuga oid
Top