11:40 / 17.09.2017
18276

Atlantika okeanida yana bir dovul yuzaga kelmoqda

Foto: Reuters

Atlantika okeani hududida, Janubiy Amerika qirg‘oqlari va Karib dengizi havzasidan uzoq bo‘lmagan hududda «Mariya» dovuli paydo bo‘lmoqda. Bu haqda AQSh dovullarni tadqiq qilish markazi xabar berdi.

Sinoptiklar ma'lumotiga ko‘ra, ayni vaqtda po‘rtana soatiga 32 km tezlikda g‘arbga tomon harakatlanmoqda. Mutaxassislar u yanada kuchayishi ham mumkinligini aytishgan. 

Sinoptiklar prognozlariga ko‘ra, keyingi haftada «Mariya» shtormi bo‘ronga aylanadi. Undan Karib dengizi hududidagi orollar jabr chekishi mumkin. Hafta o‘rtasiga borib «Mariya» dovuli eng avjiga yetadi va Virjiniya orollari hamda Puerto-Rikoga yetib boradi.

O‘tgan hafta boshida Atlantikada «Xose» nomli tropik po‘rtana boshlangandi. U tezda birinchi darajaga chiqdi va tezda susaydi. Ayni vaqtda bu dovul AQShning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab shimol tomon harakatlanmoqda. Meteorologlar «Xose» yana boshlang‘ich darajasiga qaytishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Top