16:30 / 17.09.2017
8472

Pokistonda portlash ro‘y berdi

Pokiston shimoli-g‘arbidagi Qabilalar federal boshqarmasi hududida masofadan turib boshqariluvchi portlovchi qurilma harakatga kelishi natijasida kamida besh kishi halok bo‘ldi, ulardan biri amaldor. Bu haqda Geo TV telekanali xabar tarqatdi.

Hodisa yakshanba kunining birinchi yarmida Badjaur agentligi hududidagi Navagay tumanida ro‘y bergan. Ma'muriyat vakillari ma'lumotiga ko‘ra, bomba yo‘l chetida portlagan.

Xavfsizlik xizmati xodimlari hududni o‘rab olishgan va terrorchilarni qidirishni boshlashgan. Hozircha hech bir tashkilot ushbu portlash uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Qabilalar yashovchi bu hudud Afg‘oniston bilan chegaradosh hisoblanib, Pokistonning eng beqaror hududi hisoblanadi. Mart oyida Pokiston hukumati "Qabilalar hududi"ni Xayber-Paxtunxva viloyati bilan birlashtirish haqida qaror qabul qilgandi.

Top