00:43 / 18.09.2017
25532

Dominikanalik qizning quvvatlanayotgan telefonni qo‘liga olishi hayotiga zomin bo‘ldi

Dominikanada yashovchi Yoelmi Ernandes quvvatlanayotgan telefonni qo‘lga olishi bilan tok urishdan halok bo‘ldi. The Sun nashrining ma'lum qilishicha, 18 yoshli qiz telefonni qo‘liga olishi bilanoq halok bo‘lgan.

Voqea qizning onasi ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Ona shifokorlarni chaqirtirgan, biroq ular qizni jonlantira olishmagan. 

Ma'lum qilinishicha, qiz telefonni qo‘liga olgan vaqtda kuchlanish sakrashi yuz bergan. Buning oqibatida telefonning plastik korpusi erib ketgan va qizni tok urgan. 

Top