10:50 / 18.09.2017
49132

Foto: Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi turnirning ochilish marosimida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi. O‘zA ushbu tadbirdan reportaj uyushtirgan.

Foto: O‘zA

Ushbu nufuzli xalqaro sport anjumanini yuksak saviyada o‘tkazish uchun Turkmaniston poytaxtida puxta tayyorgarlik ko‘rilgani haqida yozgan. Olimpiya shaharchasida ishtirokchi davlatlar delegatsiyalari, murabbiy va sportchilarning yashashi, musobaqaga tayyorlanishi, mashg‘ulotlar o‘tkazishi, madaniy hordiq chiqarishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 

Davlat rahbari Ashxobod Olimpiya stadioniga tashrif buyurdi. 45 ming tomoshabinga mo‘ljallangan muhtasham inshootga ko‘plab mamlakatlardan kelgan davlat va hukumat rahbarlari, Osiyo olimpiya kengashi rahbariyati, faxriy mehmonlar, minglab sport ishqibozlari to‘plandi. 

Ashxobod Olimpiya stadionida Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlandi.  

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Osiyo o‘yinlarini rasman ochiq, deb e'lon qildi. 

Osiyo olimpiya kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh barchani ushbu sport bayrami bilan qutladi. 

Osiyo o‘yinlari madhiyasi yangrab, Osiyo Olimpiya kengashining bayrog‘i ko‘tarildi. O‘yinlar mash'alasi yoqildi.

Foto: O‘zA

Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarida 60 dan ortiq mamlakatdan sportchilar ishtirok etmoqda. An'anaga muvofiq, stadionga ishtirokchi davlatlar sport delegatsiyalari kirib keladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini baland tutgan sportchimiz – og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi Ulug‘bek Alimov va O‘zbekiston delegatsiyasini muxlislar olqishlar bilan kutib oldi. 

Foto: Anvar Ilyosov

Delegatsiya tarkibida 189 sportchi – jahon va qit'a chempionatlari, turli nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan tajribali sportchilarimiz bilan birga, yosh iqtidor egalari sportning 20 turi bo‘yicha Vatanimiz sharafini himoya qiladi. 

Foto: Anvar Ilyosov
Foto: Nodirxo‘ja Yuldashev
Foto: Nodirxo‘ja Yuldashev
Foto: Nodirxo‘ja Yuldashev

 

Mavzuga oid
Top