Germaniyaning Lyudvigsburgida an'anaviy Kuz festivali doirasida "qovoq regatasi" bo‘lib o‘tdi. Unda oldindan tozalangan ulkan qovoqlar transport vositasi vazifasini bajardi. Hazilomuz musobaqa har yili o‘tkaziladi.
Hosil bayramida 500 mingdan ortiq xilma-xil shakl, rang va o‘lchamdagi qovoqlardan foydalanildi. Quyida Instagram foydalanuvchilarining shu bayramda olingan suratlari taqdim etiladi:
Kuz bayrami birgina qovoqda suzish bilan tugallanmaydi. Lyudvigsburgning ko‘plab tamaddixonalarida maxsus qovoq menyu taqdim etiladi, shahar markazida esa to‘liq yoki qisman qovoqdan yasalgan installyatsiyalar o‘rnatiladi.