18:51 / 18.09.2017
12981

Litva prezidenti Rossiya va Belarus ustidan BMT bosh kotibiga shikoyat qildi

Foto: TASS

Litva prezidenti Dalya Gribauskayte BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga Rossiya va Belarusning «Zapad-2017» qo‘shma mashqlari bo‘yicha shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Prezidentning ma'lum qilishicha, mashqlar davomida NATO davlatlari bilan haqiqiy ixtilof modellashtiriladi. Bundan tashqari, Litva rahbari mashqlar ssenariysi, ularning ko‘lamini tanqid ostiga oldi.

Shuningdek, Gribauskayte BMTni xalqaro huquqning buzilishiga tezkor munosabat bildirmaslik va «o‘z missiyasini to‘la hajmda bajarmayotganlikda» aybladi. 

14 sentabr kuni Rossiya va Belarusda «Zapad-2017» mashqlari boshlangani xabar berilgandi.

Top