Minhojiddin Mirzo (Hojimatov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalar KUN.UZ‘ga ma'lum qilishgan.
U bu lavozimda o‘tgan oyda iste'foga chiqarilgan Asad Xo‘jayev o‘rnini egalladi.
Minhojiddin Mirzo 1965 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan. 1990 yili ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
U 2013—2014 yillarda O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri lavozimida mehnat qilgan. Undan avval O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.
Shu yilning aprelidan buyon O‘zbekiston madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan, avgust oyida esa bu lavozimidan olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ishga o‘tkazilgandi.










