21:26 / 18.09.2017
9560

Ulkan tezlikda avariyaga uchragan mototsiklchi rekord o‘rnatish istagida yonmoqda

Foto: motor.ru

Gaz-turbinali dvigatelda ishlovchi mototsikllarda bir nechta tezlik rekordlarini o‘rnatgan Zev Eyzenberg yangi rekordni o‘rnatishga ikkinchi bor urinib ko‘radi. Bu haqda Road & Track nashri xabar bermoqda.

Eyzenbergning 2016 yildagi ilk urinishi muvaffaqiyatsizlik bilan tugagandi, u soatiga 376 km tezlikda avariyaga uchragan. “Bunday tezlikda ko‘rish maydoni snayper miltig‘i nishonga olgichi darajasigacha keskin torayadi. Shu sababli men finish chizig‘ini ko‘rmay qolib, 300 metr tormoz yo‘lini boy berganman”, deb aytdi Eyzenberg.

Keskin tormozlash sababli mototsiklchining yiqilishidagi yuklanish 25 g ga yetgan va poygachi tos suyagi, qovuq suyagi, son, yelka va ikki qo‘l suyaklari sinishiga uchragan.

Foto: motor.ru

Eyzenberg Lids Jyeneral Infirmari shifoxonasida davolash va tiklanish kursidan o‘tib, normal yura boshlashidan oldinoq mototsikl ruliga o‘tiradi. Dastlab bu dvigateli 200 kub sm lik model bo‘lgan, keyinroq u sog‘aygani sayin kuchliroq mototsikllarni “jilovlay boshlagan”.

Bir yil o‘tib u avariyaga uchragan Elvington aerodromiga kuchini tiklash va yangilangan mototsiklni sinovdan o‘tkazish uchun qaytgan. U bu mototsiklda soatiga 322 km tezlikka erishmoqchi, keyingi yilda esa o‘zining avvalgi rekordi – soatiga 376 km tezlikni yangilamoqchi.

Top