08:15 / 19.09.2017
8688

AQSh senati Pentagonga 700 mlrd dollar ajratdi

Foto: Reuters

AQSh senati 2018 moliya yilida harbiy xarajatlarga 700 mlrd dollar ajratishni ma'qulladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, tegishli qonun loyihasini qabul qilish uchun 89 senator ovoz bergan, 8 senator qarshi chiqqan. 

Qonun loyihasi Shimoliy Koreya raketa sinovlariga javoban AQSh raketa hujumiga qarshi mudofaasini kengaytirishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, mablag‘lar harbiylarga maosh to‘lashga sarflanadi.

Mavzuga oid
Top