Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda chinni buyumlar ishlab chiqaradi
O‘zbekiston Davlat investitsiyalar qo‘mitasida Xitoyning "Suzhou Weiji" kompaniyasi rahbari Van Yutao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston hududida chinni buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihasini hayotga tatbiq etish masalasi muhokama etildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat investitsiyalar qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tomonlar mahalliy xom ashyodan chinni mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat kompleksi hamda Toshkentda sohaviy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirib olishgan.
Shuningdek, loyihani tayyorlash va amalga oshirish uchun qo‘shma ishchi guruh tashkil etilgan.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil may oyida XXRga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
00:34 / 12.07.2026
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026