08:54 / 19.09.2017
8510

«Mariya» dovuli Dominika bosh vazirining uyini vayronaga aylantirdi

Foto: Reuters

Maksimal kuch darajasiga ko‘tarilgan «Mariya» dovuli Dominikaga yopirildi, bu orol davlat bosh vaziri Ruzvelt Skerritning uyi jiddiy zarar ko‘rdi. Bu haqda Skerritning o‘zi feysbukdagi sahifasida xabar bergan.

«Uyimning tomi uchib ketdi. Men dovul markazida qoldim. Uy suvga to‘lmoqda», - deya yozgan u.

Keyingi xabarda esa u qutqarilganini ta'kidlab o‘tdi.

17 sentabr kuni Atlantika okeani hududida, Janubiy Amerika qirg‘oqlari va Karib dengizi havzasidan uzoq bo‘lmagan hududda «Mariya» dovuli paydo bo‘layotgani xabar qilingandi.
 

Mavzuga oid
Top