09:03 / 19.09.2017
11987

«Mariya» dovulining kuchi eng yuqori xavf toifasiga yetdi

Foto: NASA via AP

Atlantika okeanida paydo bo‘lgan navbatdagi «Mariya» dovuli kuchi bo‘yicha 5 toifadagi to‘fon ko‘rsatkichiga yetdi. Bu haqda AQSh Milliy dovul markazi o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi

Xabarda aytilishicha, shamol tezligi soatiga 260 kilometrni tashkil etmoqda. 

Avval xabar berilganidek, AQSh «Mariya» dovuliga 4 toifani bergan edi. Taxminlarga ko‘ra, dovul Karib dengizidagi orollarga tahdid solishi mumkin. Hafta o‘rtalariga kelib, u Virjin orollari va Puerto-Rikoga yetib keladi.

Top