Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston parlamentida O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha bitim ratifikatsiyasi bir kunga qoldirildi
2017 yil 5 sentabr kuni Bishkekda umumiy yig‘ilishda imzolangan qo‘shma chegara bo‘yicha Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qilish masalasi Qirg‘iziston parlamentidagi yopiq majlisda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi. Bu haqda 24.kg xabar bergan.
Qayd etilishicha, OAV vakillaridan majlislar zalidan chiqib ketish haqida so‘rashgan.
Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston bilan chegara bo‘yicha bitim ratifikatsiyasi ertangi kunga qoldirildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenesning «Ota Makon» fraksiyasidan deputati Kanibek Imanaliyev xabar berdi.
«Bugun bizga faqat xaritani ko‘rsatishdi, yuridik kvorum bor, biroq, majlislar zalida 20-30 deputat bor edi, xolos», - degan parlamentariy.
Mavzuga oid
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026