Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘onistondagi harbiylari sonini ko‘paytiradi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Afg‘onistonda mahalliy harbiylarning tayyorgarligi bilan shug‘ullanuvchi yo‘riqchilar tarkibini kengaytirish doirasida harbiy xizmatchilar soni ko‘paytirilishi haqida xabar berdi.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, NATOning Afg‘onistondagi kontingenti bir necha ming harbiyga ko‘payadi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
«Biz hozirda yakuniy qarorni qabul qilish jarayonidamiz», - dedi u.
Alyans bosh kotibi AQShning Afg‘onistonga nisbatan harbiy siyosatini qo‘llab-quvvatlab, NATO ham «tashvishlarni adolatli taqsimlash» uchun mudofaaga xarajatlarni oshirishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh Afg‘onistondagi harbiylari sonini 14,5 ming kishiga ko‘paytiradi.
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis avgustda Afg‘onistonga qo‘shimcha harbiylar yuborish haqidagi farmonni imzoladi.
Pentagonda Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni oshirilishi tasdiqlandi
Mavzuga oid
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026
NATO to‘rt davlat qiyofasida yangi raqibni ko‘rmoqdami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026