Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot bortida uxlash nimasi bilan xavfli?
Foto: CNN
Samolyot balandlashayotgan va qo‘nayotgan paytida uyquda bo‘lgan yo‘lovchilar eshitish qobiliyatiga jiddiy ziyon yetkazishlari mumkin. Independent nashri Harvard tibbiyot maktabi tadqiqotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, balandlik darajasi o‘zgarayotgan paytda ko‘pchilik kishilarning quloqlari "bitib qoladi", bunga quloqlarning ichi va tashqarisidagi bosimning nomuvofiqligi sabab bo‘ladi. Qoidaga ko‘ra, esnash yoki yutinish orqali bunday ta'sirdan qutulish mumkin, zero bu jarayonlarda quloqning ingichka kanali ochiladi.
Biroq agar samolyot yo‘lovchisi uxlayotgan bo‘lsa, yuqorida qayd etilgan usullar yordamida quloqlardagi bosimni muvofiqlashtira olmay qoladi. Natijada quloq kanaliga ziyon yetib, barojarohat yuzaga keladi.
Olimlarning ma'lum qilishlaricha, og‘ir holatlarda infeksiya rivojlanib, eshitish qobiliyatida muammolar va og‘riqlar keltirib chiqarishi mumkin.
Tadqiqotda ta'kidlanishicha, samolyot balandlashayotgan va pastlashayotgan vaqtda uyqudan tiyilsa, kasallikning rivojlanish xavfini chetlab o‘tish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:33 / 28.02.2026
Boliviyada samolyot qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
07:23 / 23.02.2026
Honda o‘zining birinchi xususiy samolyotini taqdim qildi: u mustaqil ravishda qo‘na oladi
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
08:22 / 20.02.2026