09:51 / 21.09.2017
13421

1,7 mln. so‘mlik qarz qayta hisoblanib, aslida 500 ming ekani aniqlandi

Foto: KUN.UZ

Ichimlik suvi uchun kommunal to‘lovlarni  to‘lash har bir fuqaroning burchi. Lekin to‘lov miqdori xato hisoblangan bo‘lsa, uni to‘lashni hech kim xohlamaydi, albatta. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining xabar berishicha, To‘rtko‘l tumani Tinchlik ko‘chasi 49-uyda yashovchi fuqaro H.R.ning xonadoniga suv ta'minoti korxonasidan 1.772.000 so‘mlik qarz haqida ogohlantirish xati kelganda “nahotki mening qarzim shunchaga yetdi”, deya hayron qoldi. U mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1-091 ishonch telefonlariga murojat qildi. 

Uning mazkur arizasi To‘rtko‘l tumani Iste'molchilar jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Jarayon davomida H.R.ning qarzi aslida 500.638 so‘mni tashkil etishi aniqlandi. Fuqaro qarzni to‘lab bergan.

Top